MXX tashabbusi bilan Toyloq tumanida profilaktik tadbir o‘tkazildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishAvtomat v rukax
Avtomat v rukax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan asrning 70-yillariga qadar mavjud bo‘lgan o‘qotar qurollar rasman ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, O‘zbekistondagi ayrim fuqarolar bu kabi qurollarni noqonuniy saqlab kelishmoqda

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Samarqand viloyati Toyloq tumanida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha beshinchi sektor — Milliy xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda "Zarafshon" gazetasi.

V Bishkeke u mestnogo jitelya obnarujili 5 garajey orujiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV respublika miqyosida maxsus tadbir o‘tkazilishini ma’lum qildi
Milliy xavfsizlik xizmati, ichki ishlar idoralari, mahalla fuqarolar yig‘inlari va tuman ovchilik jamiyati vakillari ishtirok etgan tadbirda o‘q otar qurollar, o‘q-dorilar va portlovchi moddalarning noqonuniy aylanishining oldini olishda jamoatchilikning o‘rni, uzoq muddatga xorijga ishlash uchun ketgan fuqarolarning diniy ekstremistik oqimlarga qo‘shilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama etilgan.

Shuningdek, yig‘ilishda o‘tgan asrning 70-yillariga qadar mavjud bo‘lgan o‘qotar qurollar rasman ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi, ayrim fuqarolar bu kabi qurollarni noqonuniy saqlayotganligi aytilgan.

Agarda fuqarolar bu o‘qotar qurollarni ixtiyoriy ravishda topshirsa, jinoiy javobgarlikka tortilmasligi haqida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish lozimligi ta’kidlangan.

Yangiliklar lentasi
0