O‘zbekiston IIV respublika miqyosida maxsus tadbir o‘tkazilishini ma’lum qildi

© Press-slujba MVD KRV Bishkeke u mestnogo jitelya obnarujili 5 garajey orujiya
V Bishkeke u mestnogo jitelya obnarujili 5 garajey orujiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
15 martga qadar qurol-yarog‘ va xavfli moddalarning noqonuniy muomalasining oldini olishga qaratilgan maxsus tadbir o‘tkaziladi

TOShKENT, 7-mart – Sputnik. Ichki ishlar organlari tomonidan 15-martga qadar respublika miqyosida qurol-yarog‘ va xavfli moddalarning noqonuniy muomalasining oldini olishga qaratilgan maxsus tadbir o‘tkaziladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, mazkur tadbirlar 5-martdan boshlandi.

Vazirlik matbuot xizmatining eslatishicha, tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.

Farg‘onada fuqarolar o‘qotar qurollarni ixtiyoriy tarzda IIBga topshirmoqda

Shu bilan birga, muomalada bo‘lgan ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga erkin tarzda o‘z ixtiyori bilan topshirgan fuqaro qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod qilinishi belgilangan.

Ushbu hujjatlarga asosan fuqaro o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini erkin tarzda o‘z ixtiyori bilan topshirish to‘g‘risida qarorga kelsa va uning o‘zi ushbu ashyolarni topshirish haqida ichki ishlar organlariga yozma yoki og‘zaki ravishda murojaat qilsa, u ashyolarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan hisoblanadi.

O‘zlarida noqonuniy saqlanib kelinayotgan o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini o‘z ixtiyori bilan topshirishga istak bildirgan fuqarolar yozma yoki og‘zaki ravishda ariza bilan bevosita yoki telefon orqali yoki o‘zga elektron vositalardan foydalangan holda hududiy ichki ishlar organlariga yoki profilaktika inspektoriga murojaat qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0