O‘zgidromet mart oyida havoning keskin sovib ketishi sababini ma’lum qildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishTermometr na okne
Termometr na okne - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ob-havo ma’lumotiga ko‘ra, 13-15 mart kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Uraldan sovuq va nam havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. FVV huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) mahalliy OAVda mart oyida havoning keskin sovib ketishi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.

O‘zgidrometning ma’lum qilishicha, darhaqiqat O‘zbekistonda bahor boshlari va o‘rtasida deyarli hamisha o‘zgaruvchan ob-havo va haroratning pasayib ketishi kuzatiladi.

"Yog‘ingarchiliklar asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, ammo deyarli har yili mart oyida bir-ikki bor qor yog‘ish holati kuzatiladi. Bu respublika hududidagi iqlim xususiyatlari bilan izohlanadi. Mart oyida Yevropaning Rossiya hududida, ba’zan Ural, ayrim hollarda G‘arbiy Sibirdan sovuq havo kirib keluvchi zona faol bo‘ladi", — deyiladi O‘zgidromet tomonidan.

Liven v Stavropole - Sputnik O‘zbekiston
FVV ikki kun sel kelishi mumkinligidan ogohlantirdi

Tashkilot mutaxassislarining aytishlaricha, shu bilan bir vaqtda martda bahorgi issiq harorat va momaqaldiroqli jalalar bilan bog‘liq janubiy jarayonlar ham faollashadi. Bu yil mart oyining dastlabki o‘n kunligida respublikada kunduz kunlari 23-27 darajagacha issiq harorat kuzatildi va sovuq havo massasi kirib kelganidan so‘ng harorat ancha pasaydi.

Ob-havo ma’lumotiga ko‘ra, 13-15 mart kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Uraldan sovuq va nam havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda.

13 mart kuni respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi, mamlakat shimolida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. 14-15 mart kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Respublika shimolida 13-mart kuni kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 darajagacha iliq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0