FVV ikki kun sel kelishi mumkinligidan ogohlantirdi

© Sputnik / Vladimir Semenyuk / Mediabankka o‘tishLiven v Stavropole
Liven v Stavropole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FVV aholidan ehtiyot choralarni ko‘rishni hamda turli noxush holatlar vujudga kelganda FVV tezkor raqamiga murojaat qilishni so‘ramoqda

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 11-martdan 13-martgacha sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda O‘zbekiston FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi xabar qildi.

"O‘zbekiston Respublikasining tog‘ va tog‘oldi hududlarida 2018-yilning 11-mart kunidan 13-mart kunigacha sel kelish xavfi mavjud", — deyiladi xabarda.

FVV aholidan ehtiyot choralarni ko‘rishni hamda turli noxush holatlar vujudga kelganda FVV tezkor raqamiga murojaat qilishni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, 27-fevral kuni Buxoro, Samarqand, Navoiy, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida kuzatilgan kuchli shamol va yomg‘ir oqibatida binolarning alohida qismlarini suv bosgandi.

Yangiliklar lentasi
0