Kuryer v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya

Oʻzbekiston Rossiyaning yettita regionida Migratsiya agentligi markazlarini ochadi

© Sputnik / Maksim Blinov /  / Mediabankka oʻtishPosetiteli v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo
Posetiteli v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Turli maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Rossiyada 1 milliondan 3,5 millionga qadar oʻzbekistonlik migrantlar mehnat qilishmoqda

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi migratsiya masalalari boʻyicha agentligi Rossiyaning yettita regionida oʻz vakolatxonalarini ochishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri tashkilotdagi manbasiga tayangan holda.

Posetitel v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
"Mehnat migratsiyasi": Oʻzbekistondan Rossiyaga qonuniy ketish qanchaga tushadi?
"Birinchi vakolatxonasi joriy yilning oʻzida, Moskvada ochilishi mumkin. Ammo hozircha bu haqda aniq maʼlumot yoʻq. Keyinchalik shu singari tuzilmalar Sankt-Peterburg, Novosibirsk va boshqa shaharlarda paydo boʻladi", — deb taʼkidladi suhbatdosh.

Uning soʻzlariga koʻra, oʻtgan yil Samarqand viloyatida fuqarolarni kasbga oʻrgatish va tayyorlash markazi tashkil qilingan, bu yil shunga oʻxshash markaz Fargʻonada ham tashkil etiladi.

Turli maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Rossiyada 1 milliondan 3,5 milliongacha boʻlgan oʻzbekistonliklar mehnat faoliyatini amalga oshirib kelishmoqda. Ularning kattagina qismi Oʻzbekistondan tashkillashtirilmagan holatda chiqib ketishmoqda. Yaʼni, mehnat migrantlari ikki davlat organlari tomonidan tashkil qilingan qonuniy kanallardan foydalanishmayapti.

Oʻzbekiston tomon maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yil Rossiyaga ishlash uchun rasman 922 nafar oʻzbekistonlik yuborilgan. Rossiya IIV esa bir paytning oʻzida 2017 yilning yanvar oyidan sentyabr oyiga qadar 3,1 million nafardan ziyod oʻzbekistonliklar migratsiya uchetiga olinganliklari haqida xabar qildi.

Ikki mamlakat oʻrtasida bu sohada bitimning mavjud emasligi ham ancha vaqt ushbu masalani yanada murakkablashtirib kelayotgan edi.

Uborka snega v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Moskvada koʻcha supuruvchilar necha pul maosh olishi maʼlum boʻldi
Ammo oʻtgan yilning aprel oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifidan soʻng bu masalada printsipial kelishuvlarga erishildi — Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlari Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish boʻyicha kelishuv imzolashgan edi.

Oʻtgan yilning dekabr oyi oxirlarida ushbu hujjat kuchga kirdi.

Bu yil Oʻzbekiston uyushgan holatda Rossiyaga 50 mingdan ziyod migrantlarni yuborishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0