Tojikistonlik amaldorlar har shanba badantarbiya qiladigan bo‘ldi

Obuna bo‘lish
O‘tgan yilning yanvar oyidan boshlab haftada ikki marotaba Tojikiston IIV xodimlari kross va suzish mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanib kelishmoqda. Militsiya xodimlarining sportga vaqt ajratishlarii haqida buyruq vazirlik rahbari Ramazon Rahimzoda tomonidan chiqarilgan

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Tojikistondagi barcha davlat muassasalar va tashkilotlar xodimlari uchun shanba kunlari ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarida qatnashish majburiy etib belgilandi. Bu haqda Tojikiston Yoshlar va sport masalalari bo‘yicha qo‘mita rahbari Axtam Abdullozoda xabar qildi, deb yozgan Sputnik Tojikiston.

Hujjatlar liq to‘la portfel - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonlik amaldorlarga davlat siyosatini tanqid qilish man etildi
"Tojikiston prezidenti ijro apparati tadbirlar rejasini tasdiqlagan bo‘lib, unga ko‘ra, yil yakuniga qadar har shanba ertalab mamlakatning barcha shahar va tumanlarida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi", — degan u.

Abdullozodaning so‘zlariga ko‘ra, shanba kungi badantarbiya tashabbuskorlari — Tojikiston prezidenti ijro apparatidir.

O‘tgan yilning yanvar oyidan boshlab haftada ikki marotaba Tojikiston IIV xodimlari kross va suzish mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanib kelishmoqda. Militsiya xodimlarining sportga vaqt ajratishi haqida buyruq vazirlik rahbari Ramazon Rahimzoda tomonidan chiqarilgan.

O‘tgan hafta shanba kuni grafik bo‘yicha Tojikiston qurilish va arxitektura qo‘mitasi xizmatchilari badantarbiya mashg‘ulotlarini bajarishga chiqishgan.

Kelayotgan shanbada teleradiokanal davlat qo‘mitasi, geodeziya qo‘mitasi, oila va ayollar masalalari qo‘mitasi, shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimlari va Pedagogika universiteti talabalari jismoniy tarbiya mashqlarini bajaradilar.

Yangiliklar lentasi
0