Siyosat

Tojikistonlik amaldorlarga davlat siyosatini tanqid qilish man etildi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Hujjatlar liq toʻla portfel
Hujjatlar liq toʻla portfel - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ushbu qaror Tojikiston Respublikasi davlat xizmatchisi etika kodeksining yangi tahririda oʻz aksini topgan

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Tojikistonlik amaldorlarga agar aytadigan gapi davlat siyosatiga tamomila zid keladigan boʻlsa, oʻz fikrini bayon etish qatʼiy taqiqlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rustam Emomali - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Emomali Rahmonning oʻgʻli oʻz maʼmuriyati uchun arzon ishchilarni qidirmoqda
Ushbu qaror Tojikiston Respublikasi davlat xizmatchisi etika kodeksining yangi tahririda oʻz aksini topgan.

Etika kodeksida shuningdek, amaldorlar uchun odob-ahloq qoidalari ham keltirib oʻtilgan.

Jumladan, tojikistonlik davlat xizmatchilari kamsuqum va odobli, til madaniyatiga eʼtiborli boʻlishlari hamda kiyinish bobida etika qoidalariga amal qilishlari kerakligi qayd etilgan.

Tojikistonlik amaldorlar shuningdek, yaqindan boshlab oʻzlari va qarindoshlari daromadlari haqida deklaratsiya topshirishlari belgilab berilgan.

Bundan tashqari, amal kursisiga oʻtirishdan oldin ular vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga qasamyod qiladilar.

Yangiliklar lentasi
0