TOShKENT, 12 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti 15-mart kuni Qozog‘istonga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.
Ostonada Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi. Ochilish marosimida gala-konsert va amaliy san’at namunalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Marosimda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, “Hunarmand” uyushmasidan 188 nafar vakillar ishtirok etadi.
Shuningdek, 15-mart kuni Ostonada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
“Uchrashuv barcha Markaziy Osiyo respublikalari uchun muhim bo‘lgan, Navro‘z bayrami arafasida bo‘lib o‘tayotgani, unga alohida ma’no baxsh etadi”, — deyilgan Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabarida.