Qozog‘istonda 2018-yil O‘zbekiston yili deb e’lon qilindi

© LoggaWigglerPloshad nezavisimosti v Tashkente
Ploshad nezavisimosti v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston bilan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganini bildirdi

TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Kelayotgan 2018-yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili deb e’lon qilindi, dedi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev.

Sborka samosvala BelAZ - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorlikda maxsus texnika ishlab chiqaradi

"O‘zbeklar yaqin qardoshlarimiz, qo‘shilarimiz, Markaziy Osiyodagi ulkan mamlakat, shu bois bu o‘lka bilan munosabatlar hamisha muhim va foydalidir. Kelgusi yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili va O‘zbekistonda Qozog‘iston yili bo‘ladi", — dedi Nazarboyev qozog‘istonlik jurnalistlar bilan uchrashuvida.

Qozog‘iston rahbari ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik tobora yaxshilanib borayotganligini, tovar ayirboshlash bir yil ichida ikki baravarga oshganini qayd etdi, deb xabar beradi Sputnik Qozog‘iston.

"Biz O‘zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bu ko‘rsatkichni 5 milliard dollargacha yetkazishga kelishib oldik. Hozirda hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv mavjud, Toshkent bilan temir yo‘l va aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar yaxshilanib bormoqda. Biz buni qo‘llab-quvvatlaymiz", — dedi prezident.

Ilgariroq O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari o‘zaro telefon orqali muloqot qilib ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilishgandi.

Yangiliklar lentasi
0