FXX Saratovda terrorchilar guruhini yo‘q qildi

© FSB RF / Mediabankka o‘tishFSB RF predotvratila terakt v Saratovskoy oblasti
FSB RF predotvratila terakt v Saratovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyatchilar terakt uyushtirish maqsadida 3 kg trotil ekvivalentiga teng bo‘lgan portlovchi moslama tayyorlashgan.

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Saratov viloyatida yashirin terrorchilar guruhini aniqladi, deb xabar qilmoqda Russia Today.

11 mart kuni qo‘lga olish vaqtida terrorchilar qurolli qarshilik ko‘rsatishgan. Huquqni saqlash organlari vakillari bilan bo‘lgan otishmada ikki nafar terrorchi yo‘q qilingan. Terrorchilar avtomobilidan quvvati 3 kg trotil ekvivalentiga teng bo‘lgan portlovchi moslama, “TT” va “Makarov” pistoletlari va qo‘lbola granata topilgan.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi vaqtda Rossiyaning turli hududlarida bir necha yashirin terrorchilar guruhlari aniqlandi.

Xususan, 6-mart kuni  Maxachkachalada “Rossiyada ta’qiqlangan “Islomiy davlat” terrorchilik guruhining 4 nafar yashirin a’zolari  hibsga olingan edi. Ular fuqarolarni Suriyaga borib urushda ishtirok etishga da’vat qilishgani aniqlangan. Terrorchilar yonida ko‘p miqdorda portlovchi moddalar va qurol-aslaha topilgan. Ular Shimoliy Kavkaz hududida terakt uyushtirish maqsadida jamlab qo‘yilgani aniqlangan.

Sotrudniki FSB raskrili zakonspirirovannuyu yacheyku IG v Podmoskovye - Sputnik O‘zbekiston
FXX Moskvada gavjum joylarda portlash uyushtirmoqchi bo‘lgan ID a’zolarini qo‘lga oldi

1 fevral kuni Nijniy Novgorod shahrida Rossiyada 18-mart – prezident saylovi kuni terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan. Uning turar joyidan katta quvvatga ega bo‘lgan qo‘lbola portlovchi moslama, o‘qotar qurol, o‘q-dori va portlovchi moslamalar yasash uchun ehtiyot qismlar topilgan. Qo‘lga olingan terrorchi MDH mamlakatlaridan birining fuqarosi bo‘lgan.

Huquqni saqlash organlari xabariga ko‘ra, 2017-yilda Rossiyada 25ta teraktning oldi olingan, 17,5 ming nafar xorijiy fuqarolarga, terrorchi va ekstremistik guruhlar bilan aloqa qilishda gumon qilinib, Rossiya hududiga kirishga ta’qiq qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0