FXX Moskvada gavjum joylarda portlash uyushtirmoqchi bo‘lgan ID a’zolarini qo‘lga oldi

Video Player is loading.
Hozirgi vaqt 0:00
/
Duration 0:00
Yuklash: 0%
Progress: 0%
Oqim turi LIVE
Qolgan vaqt -0:00
 
1x
FXX Moskvada gavjum joylarda portlash uyushtirmoqchi bo‘lgan ID a’zolarini qo‘lga oldi
0:51
Obuna bo‘lish
"Islom davlati" terrorchilik tashkiloti a’zolari odamlar gavjum joylarda bombalar portlatishni mo‘ljallashgan

"Guruh a’zolari sentabr oyida aholi gavjum joylarda va transport infrastrukturasi obyektlarida portlashlar uyushtirishni rejalashtirishganligi ma’lum bo‘ldi", — deb xabar berdi FXX.

Guruhning barcha a’zolari qo‘lga olingan.

"Ularning yashash joylarida kuchli quvvatga ega ikki dona qo‘lbola portlovchi moslama topildi",- deb ma’lum qilindi xabarda.

Shuningdek, portlovchi moslamalar tayyorlash uchun buyumlar, ikki dona PM to‘pponchasi, RGD-5 granatalari va aloqa vositalari ham topilgan.

Guruhni xorijlik emissarlar boshqarishgan.

"Guruhda butun dunyoda zo‘ravonlik yo‘li bilan islom xalifaligi o‘rnatish tarafdori bo‘lgan rossiyalik va shimoliy kavkazlik fuqarolar faoliyat yuritishgan", — deb xabar qildi FXX bo‘limi.

Yangiliklar lentasi
0