Toshkent favqulodda vaziyatlardan qanchalik himoyalangan?

© Sputnik / Andrey TeshayevUzbekskie militsioneri
Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIBB rahbariga ochiq muloqotda ishtirok etayotgan jurnalistlardan biri "Toshkent favqulodda vaziyatlardan qanchalik himoyalangan?" degan savol bilan murojaat qildi

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekiston poytaxti hududi har tomonlama himoyalangan, dedi jurnalistlarga 9-mart kuni o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Evakuatsiya avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
IIBB noto‘g‘ri parkovkaga qarshi kurash uchun maxsus avtomajmualarni xarid qilishi mumkin
IIBB rahbariga ochiq muloqotda ishtirok etayotgan jurnalistlardan biri "Toshkent favqulodda vaziyatlardan qanchalik himoyalangan?" degan savol bilan murojaat qilgan edi.

Bu savolga javoban Jo‘rayev O‘zbekiston poytaxtida jinoyatchilikka qarshi kurashda nafaqat IIBB xodimlari, balki Milliy gvardiya, Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari yordamida kompleks ishlar olib borilishini ma’lum qildi.

"Poytaxt hududi hamma tomonlama himoyalangan, shu bois shahrimizga tashrif buyuradigan mehmonlar bu borada havotir olmasliklari mumkin. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, biz har qanday xavfni bartaraf qilishga tayyormiz", — dedi Jo‘rayev.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston FVV sobiq rahbari Rustam Jo‘rayev Toshkent IIBB boshlig‘i etib tayinlangani haqida xabar bergan edik. Mazkur lavozimda Jo‘rayev O‘zbekiston Mudofaa vaziri o‘rinbosari, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan Bahodir Qurbonovning o‘rnini egallagan edi.

Yangiliklar lentasi
0