IIBB noto‘g‘ri parkovkaga qarshi kurash uchun maxsus avtomajmualarni xarid qilishi mumkin

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishEvakuatsiya avtomobilya
Evakuatsiya avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus qurilmalar avtomashinaga o‘rnatiladi. Ushbu avtomashina belgilangan yo‘nalishda harakatlanib, yo‘l qoidalarini buzgan avtomashinalarning raqamlarni avtomatik tarzda suratga oladi.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Toshkent shahar IIBB noto‘g‘ri parkovka qiluvchi haydovchilarga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tayyorlamoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Rabota evakuatorov - Sputnik O‘zbekiston
Noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillarni nima kutmoqda

Ko‘rib chiqilayotgan choralardan biri bu — noto‘g‘ri parkovkani qayd etuvchi avtomatlashtirilgan majmualarni qo‘llash. Hozirgi kunda Moskvada bunday tizimlar keng foydalanmoqda. Maxsus qurilmalar oddiy avtomashinaga o‘rnatiladi. Ushbu avtomashina belgilangan yo‘nalishda harakatlanib, yo‘l qoidalarini buzgan avtomashinalarning raqamlarni avtomatik tarzda suratga oladi.

Har bir mashinaga belgilangan yo‘nalish belgilab beriladi, GPS yordamida parkovka taqiqlangan joylar aniqlanadi. Avtomashina noqonuniy parkovka zonasiga kirganda, tizim avtomatik tarzda video qayd etishni boshlaydi. Bitta kamera mashinaning umumiy ko‘rinishini, ikkinchi kamera esa davlat raqamini suratga oladi.

"Yo‘l harakat qoidabuzarlar bilan kurashishda eng zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashni ko‘rib chiqmoqdamiz, shu jumladan bu kabi avtomatlashtirilgan majmualar. Bu juda yaxshi tajriba, biz uni hozirgi vaqtda faol ravishda o‘rganmoqdamiz. Bundan tashqari, bizda maxsus qurilmalar bilan jihozlangan avtomashinalar bor. Ular yo‘llarda harakatlanib, tezlikni belgilangan meyoridan oshirish qoidabuzarliklarini qayd etmoqda", — deb ta’kidladi, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent IIBB boshlig‘i, general-mayor Rustam Jo‘rayev.

Bugungi kunda inspektorlarda huquqbuzarlar bilan kurashish vositalarda ayrim noqulayliklar mavjud. Noto‘g‘ri parkovka qilayotgan haydovchilarning soni juda ko‘p, evakuatorlar esa kam. Shuning uchun kelgusi vaqtda jarimalarni berish jarayonini soddalashtirish rejalashtirilmoqda.

"Bu vaziyatdan chiqish eng oddiy yo‘li — bu huquqbuzarlikni mobil telefonga tasvirga olish mumkin. Suratda yo‘l belgisi, avtomashina, vaqt qayd etiladi. Shundan so‘ng inspektor evakuatorni chaqiradi va mashina jarima maydoniga olib ketiladi. Yana bir qulay usul — jarima kvitansiyalarini mashina oyna tozalash qurilmasi ostida qoldirish. Boshqa mamlakatlarda bu usul qo‘llanilganligi sababli biz bugungi kunda ko‘rib chiqmoqdamiz, biroq bizning haydovchilarimiz bu kvitansiyalarni yo‘q qilishlari mumkin", — dedi Jo‘rayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent IIBBda huquqbuzarlar bilan kurashish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni tayyorlash uchun ikki oy muddat bor. Keyin choralar yuqori turuvchi organlarga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi, tasdiqlangandan so‘ng bu choralar Toshkent ko‘chalarida amal qilishni boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0