O‘zbekiston TIV saytida tojik tilida yangiliklar bo‘limi ishga tushirildi

Obuna bo‘lish
Endilikda O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi tojik fuqarolari O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy hayotida yuz berayotgan so‘nggi yangiliklardan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi saytida o‘z ona tilida o‘qib, bahramand bo‘lishlari mumkin

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘zining rasmiy veb-saytida tojik tilida yoritilib boriladigan yangiliklar bo‘limini tashkil qildi.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘ho‘: Mirziyoyevning tarixiy tashabbusi, Bobomurod Abdullayev sudi, AQSh razvedkasi bayonoti
Yangiliklar bo‘limidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi, shuningdek, o‘zbek-tojik chegarasida ochilgan yangi nazorat-o‘tkazuv punktlari haqida hamda O‘zbekiston-Tojikiston o‘rtasida ochilgan yangi tarix sahifasiga oid xabarlar va tahliliy maqolalar joy egallagan.

Shu vaqtgacha, O‘zbekiston Tashqi ishlar muassasasi veb-saytida yangiliklar va bayonotlar, shuningdek boshqa materiallar o‘zbek(lotin), rus va ingliz tillarida chop etilar edi.

"2018-yilning 9-mart kuni TIV veb-saytining bosh sahifasida yangi bo‘lim ishga tushirildi. Ushbu bo‘lim tojik tilidagi o‘quvchilarga o‘z ona tillarida O‘zbekistondagi asosiy siyosiy voqealar bilan tanishish imkonini beradi. Mazkur bo‘lim 1924-yildan buyon chop etilayotgan "Ovozi tojik" («Ovozi toҷik») — O‘zbekiston Oliy Majlisi va Hukumati gazetasining faol ko‘magida tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi to‘g‘risidagi yangilik dastlabki ma’lumotlardan biri sifatida ushbu bo‘limga joylashtirildi", — deyiladi TIV xabarida.

Bo‘limda joylashtirilgan eng so‘nggi materiallardan biri "Tashrif samarali bo‘ldi" deya nomlanadi. Maqolada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-10 mart kunlari Tojikistonga davlat tashrifi bilan bo‘lgani hamda ushbu tashrif asnosida ikki davlat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishilgani, xususan, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha ham amaliy qadamlar tashlangani haqida so‘zlangan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari o‘tkazgan muzokaralar yakuniga ko‘ra 27ta muhim hujat imzolanib, ular orasida eng muhimi — bu ikki mamlakat o‘rtasida 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etilgani bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0