Yapon ishbilarmonlari O‘zbekistondagi investorlar uchun sharoitlar bilan tanishadi

© AFP 2023 / Mandel NGANFlag Yaponii
Flag Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tokio shahrida O‘zbekiston-Yaponiya biznes forumi bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Tokio shahrida O‘zbekiston-Yaponiya biznes forumida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Yaponiya O‘zbekistonga kadrlar tayyorlash uchun 2,3 mln $ ajratdi

Biznes forum shu yilning 12-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Delegatsiya tarkibidan Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, "Uztrayd" AJ, Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari o‘rin olgan.

O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, forumda Yaponiya tashqi ishlar, iqtisodiyot, savdo va sanoat, moliya vazirliklari, tashqi iqtisodiy aloqalarga ixtisoslashgan davlat tashkilotlari vakillari, o‘z sohalarida yetakchi kompaniyalar va firmalar, moliyaviy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etadi.

Tadbirda Yaponiyaning rasmiy va ishbilarmon doiralari O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mamlakatda chet el investorlari uchun yaratilayotgan afzalliklar va qulay sharoitlar, o‘zaro manfaatli va boshqa aniq loyihalarni amalga oshirish istiqbollari bilan tanishishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0