TOShKENT, 8 mar — Sputnik. O‘zbekiston Hukumati mamlakatda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni nogironlar uchun maxsus moslamalar bilan jihozlash hamda savdo markazlari parkovkalarida nogironlar uchun joy ajratish haqida maxsus qaror qabul qildi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligining matbuot xizmati.
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi”, — deyilgan xabarda.
Qarorda belgilanishiga ko‘ra, respublikada ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar, nogironlar buyurtmasiga asosan, “GM Uzbekistan” AJ rasmiy
Undan tashqari nogironlarga tegishli bo‘lgan yoki ana shunday kishilarga xizmat ko‘rsatuvchi avtomobillar uchun bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi to‘xtab turish joylari umumiy maydonining 5 % (kamida 2 ta joy) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turishi uchun ajratiladi.
Ana shunday to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun nogironligi bo‘lgan shaxslar va 16 yoshgacha nogiron bolasi bo‘lgan ota-onalardan haq olinmaydi.