"O‘zavtosanoat"da nogironlar uchun mo‘ljallangan Spark taqdim etildi

© JEWEL SAMAD / AFPChevrolet Spark
Chevrolet Spark - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"SamAuto" MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan pandusli LE60 avtobusi hamda "GM Uzbekistan" AJ tomonidan nogironlar uchun mo‘ljallangan maxsus moslamali Spark avtomobili taqdim etildi

TOShKENT, 29 dek – Sputnik. "O‘zavtosanoat" AJ "GM Uzbekistan" tomonidan ishlab chiqarilgan nogironlar uchun mo‘ljallangan maxsus moslamali Spark rusumli avtomobilni taqdim etdi. Bu haqda "O‘zavtosanoat" matbuot xizmati xabar berdi.

Pustaya invalidnaya kolyaska - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qator imtiyozlar joriy etildi

Xabarga ko‘ra, "O‘zavtosanoat" AJda "Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident farmoni hamda "Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda kompaniyaning "SamAuto" MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan pandusli LE60 avtobusi hamda "GM Uzbekistan" AJ tomonidan nogironlar uchun mo‘ljallangan maxsus moslamali Spark avtomobili taqdim etildi.

Ushbu transport vositalarini keng ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ularni nogironligi bo‘lgan shaxslarning foydalanishlari uchun yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot berilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 600 mingdan ortiq nogironlar hayot kechirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0