Janubiy Koreya universiteti filiali 240 nafar talabani o‘qishga qabul qiladi

© Sputnik / Vitaliy AnkovStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yil dekabr oyida Toshkentda Puchon universiteti filialini ochish haqida kelishuvga erishildi. Yangi oliygoh 4 ta yo‘nalish ta’lim olib boriladi, shular ichida pedagogika ham bor.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Shu yil sentabr oyida Puchon universiteti filiali yangi talabalarni o‘qishga qabul qiladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

uzbeksko-koreyskie otnosheniya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Koreya munosabatlari: savdo, investitsiyalar va fan

O‘tgan yil dekabr oyida Puchon universiteti filialini ochish haqida kelishuvga erishildi. Fevral oyida bu borada bayonnoma imzolandi.

"Mart oyi boshida Toshkentga universitet vakillari tashrif buyurishdi. Muzokaralar davomida filialning dastlabki joyi aniqlanib, 2018-yil 1-sentabrdan o‘qish boshlanishi belgilandi. Bu yerda 4 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘qish ochiladi. Birinchi o‘quv yilida 240 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi Talabalar 3-yillik bakalavriat dasturi bo‘yicha tahsil oladilar", — deb ta’kidladi maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin o‘zbek-koreya biznes forum chog‘ida.

Yangi oliygohning fakultetlardan biri maktabgacha pedagogika va psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Qolgan fakultetlar haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Goroda mira. Seul - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreyaga ishga boradigan o‘zbekistonliklar uchun kvotalar soni ko‘paytiriladi

Puchon universiteti — Janubiy Koreyadagi eng yetakchi oliygohlardan biri hisoblanadi. Unda 26 ta fakultet faoliyat ko‘rsatadi. Universitet gumanitar va texnik yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘plab o‘quv dasturlarni taklif qiladi. Shuningdek, uning tuzilmasiga maktabgacha ta’lim fakulteti va xorijiy talabalar uchun koreys tili o‘rganish markazi kiradi.

Bugungi kunda Toshkentda Janubiy Koreyaning Inxa universiteti mavjud. Kelajakda meditsina kadrlarini tayyorlash bo‘yicha filial ochiladi. Bunday oliygoh sifatida Inxa universitetining Meditsina maktabi bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0