Janubiy Koreyaga ishga boradigan o‘zbekistonliklar uchun kvotalar soni ko‘paytiriladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Seul
Goroda mira. Seul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati Janubiy Koreyaga ish va o‘qish uchun ketishga tayyor bo‘lgan fuqarolarni tayyorlaydigan o‘quv markazlarini ochishni rejalashtirmoqda

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini qabul qilish uchun kvotalar sonini ko‘paytirishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Bu haqdagi muzokaralar ayni vaqtda Koreyada bo‘lib turgan Aholi bandligi va mehnat munosabatlari vazirligi delegatsiyalari tomonidan o‘tkazilmoqda.

Zarubejnie strani: Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Koreyada ishlab O‘zbekistonga qaytganlar Migratsiya agentligiga kelishlari so‘ralmoqda
Bugungi kunda mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda noqonuniy migratsiya muammosi mavjud. Ayrim ekspertlar fikriga ko‘ra, Koreyada O‘zbekistondan bo‘lgan bir necha o‘n ming nafar mehnat migrantlari noqonuniy faoliyat yuritayotgan bo‘lishlari mumkin. 

Shu bilan birga, 2007-yildan 2016-yilgacha 27 ming nafar o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada qonuniy ishlash huquqini qo‘lga kiritgan.

Ushbu holatni o‘nglash uchun migrantlarni qabul qilish kvotasini ko‘paytirish, shuningdek, ularni Koreya iqtisodiyotining boshqa sohalariga ham jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Tez kunlarda Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida ochilishi ko‘zda tutilgan O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentligi bu jarayonda yordam berishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi malakali kadrlarni tayyorlash sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilmoqda.

Buning uchun O‘zbekistonda Janubiy Koreyaga o‘qish va mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketishga tayyor fuqarolarni tayyorlaydigan o‘quv markazlarini ochish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0