TOShKENT, 7 mar — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK may oyiga kelib 7 ta Il-114-100 samolyotlarini foydalanishni tugatib, Airbus A-320 samolyotlarini xarid qilish choralarini ko‘radi. Bu haqda RIA Novosti milliy kompaniyada manbaasiga tayangan holda xabar qildi.
"Shu yil aprel oyiga qadar Il-114-100 rusumli 7 ta samolyotlarining foydalanishni to‘xtatish rejasi bor", — dedi suhbatdosh.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qarorni qabul qilish "O‘zbekiston havo yo‘llari" samolyotlar parkini unifikatsiyalashtirish va faoliyatni rentabelligini oshirish bilan bog‘liq.
Il-114 samolyot o‘rniga Airbus A-320 xarid qilish rejalashtirilgan. Eskpluatatsiyadan chiqarilgan samolyotlar xususiy investorlar va kompaniyalar bilan foydalaniladi.
Hozirda milliy aviakompaniya 7 ta Il-114-100 rusumli samolyotlardan foydalaniladi. Ular 2006-2013 yillarda V.Chkalov "Toshkent aviatsiyasozlik" uyushmasida yig‘ilgan.
Il-114 samolyotlari viloyatlar bo‘ylab parvozlar uchun mo‘ljallangan. Aviasozlik uyushmasi Il-114 samolyotini takomillashtirish bo‘yicha dasturni boshladi. 2020-2021 yillarda Il-114-300 samolyotlarini yetkazib berish ko‘zda tutilmoqda. Ishlab chiqarish Nijniy Novgorod va Luxovis shaharlarida "MiG" va "Sokol" samolyotsozlik zavodlarida amalga oshiriladi.
Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Rogozin 2017-yil oktabr oyida amalga oshirilgan tashrif chog‘ida rossiyalik mutaxassislar Toshkent mexanik zavodini Il-114 samolyotini kooperatsiyasiga kiritish masalalasini ko‘rib chiqishini ma’lum qilgandi.