Ukraina AQShdan himoya so‘radi

© Sputnik / Nikolay Lazarenko / Mediabankka o‘tishAQSh va Ukraina bayroqlari
AQSh va Ukraina bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina AQShdan NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqdosh maqomini berishni so‘ramoqda

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Ukraina Oliy radasi AQSh Kongressiga murojaat qilib, Kiyevga NATOdan tashqari AQShning asosiy ittifoqdoshi maqomini berish masalasini ko‘rib chiqishni va mudofaa bitimini tuzishni so‘radi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Poroshenko "Ukraina okkupatsiyasi vaqtinchalik holat"ligini aytdi
Ushbu murojaatnoma ikkinchi urinishda Ukraina Oliy radasining 232 nafar deputati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Hujjatda "tinchlik holatidagi" Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya hamda "harbiy harakatlar xavfi ostida bo‘lgan" Janubiy Koreya, Afg‘oniston va Isroil davlatlari AQShning NATOdan tashqaridagi ittifoqdoshi maqomiga egaligi ta’kidlangan.

Hujjatda, shuningdek, Ukrainaga bunday maqom berilishi, Kiyev ta’biri bilan aytganda, "Rossiya tajovuzkorligi"ga nuqta qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.

Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi masalasidan farqli o‘laroq, NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqdosh maqomi berilishi masalasi AQShning suveren huquqi bo‘lib, bu uchun alyansga a’zo mamlakatlar roziligi talab etilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0