O‘zbekistonda har yuz uy xo‘jaligiga 44 avtomobil to‘g‘ri keladi - Statistika qo‘mitasi

© Yuriy Korsunsev / «Gazeta.uz»Na ulitsax Tashkenta
Na ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har yuzta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri kelgan televizorlar soni 154 tani tashkil etadi

TOShKENT, 7 mar – Sputnik. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi aholi turmush darajasiga oid statistik ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, aholining shaxsiy yengil avtomobillar bilan ta’minlanganlik darajasi 2017-yil yakunlariga kelib har yuzta uy xo‘jaligiga 44 taga yetdi.

Shuningdek, har yuzta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri kelgan televizorlar soni 154 tani tashkil etib, 2000-yilga nisbatan 1,7 martaga oshgan. Konditsionerlar – 34 dona (2000 yilga nisbatan o‘sish — 3,1 barobar), elektr changutgichlar – 54 dona (o‘sish 1,8 barobar), kir yuvish mashinalari – 80 donani (o‘sish 1,1 barobar) tashkil etdi.

Schastlivaya semya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yuzdan ortiq kam ta’minlangan oilaga maishiy texnika topshirildi

2017 yil yakunlariga ko‘ra, 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri kelgan shaxsiy kompyuterlar 50 donani (2000 yilda esa bu ko‘rsatkich 0,2 donani tashkil qilgan) tashkil etgan bo‘lsa, 2000-2017 yillar mobaynida uyali aloqa telefonlari bilan ta’minlanganligi 14,4 barobarga oshdi (2017 yil yakuniga kelib har 100 ta uy xo‘jaligiga 257 tadan, ya’ni har bir uy xo‘jaligiga 2,6 tadan uyali aloqa telefonlari to‘g‘ri keldi).

2017 yilning yanvar-dekabr holatiga kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra respublika aholisining 97,9% shaxsiy hovli yoki kvartiraga ega. Bu ko‘rsatkich qishloq joylarida istiqomat qiluvchi aholi bo‘yicha 99,3% ni tashkil etmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlar 2000-yilda mos ravishda 93,7 va 95,4% ni tashkil etgan edi.

Qo‘mitaning ta’kidlashicha, uy xo‘jaliklarida o‘tkaziladigan tanlama kuzatuvlar respublikaning barcha hududlarini qamrab olgan holda yiliga jami 10 000 ta uy xo‘jaliklarida o‘tkaziladi. Bunda 120 dan ortiq mutaxassis (intervyuyerlar) tomonidan bevosita uy xo‘jaligi a’zolari bilan suhbatlashish orqali ma’lumotlar olinadi.

Yangiliklar lentasi
0