TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Suriyada halokatga uchragan An-26 samolyoti bortida 33 nafar yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha qurbonlar soni 32 nafarni tashkil etilgani aytilgan edi.
To‘ldirilgan va aniqlashtirilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi — rossiyalik harbiy xizmatchilar, ularning 27 nafar zobitlar, shulardan biri general-mayor unvoniga ega. Qolganlari praporshik va shartnoma asosida xizmat qilayotganlardir, deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi axborotida.
Rossiya Mudofaa vazirligi samolyotga zarba berilmaganligini tasdiqlab o‘tgan. Maxsus komissiya yuz bergan hodisaning barcha bo‘lishi mumkin versiyalarini o‘rganmoqda.
Aviahalokatda halok bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga barcha kerakli yordam ko‘rsatilishi qo‘shimcha qilingan.
Ayni vaqtda dunyo rahbarlari va xalqaro tashkilotlar ushbu hodisa munosabati bilan Rossiya yetakchisiga o‘z hamdardligini yo‘llamoqda.