Suriyada Rossiyaning An-26 samolyoti quladi, o‘ttizdan ortiq odamlar halok bo‘lgan

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishVoyenno-transportniy samolet AN-26
Voyenno-transportniy samolet AN-26 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyada Rossiyaning harbiy-transport samolyoti halokatga uchradi

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Suriyada Rossiyaning harbiy-transport samoleti — An-26 halokatga uchradi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 26 nafar yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan, ularning barchasi halok bo‘lishgan.

Avariya Xmeymimdagi aerodromga qo‘nish arafasida yuz bergan. Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagiga 500 metr qolganida yerga kelib urilgan.

Nashr fojia sababi — texnik nosozlik bo‘lishi mumkin, deya xabar qilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi komissiyasi yuz bergan hodisaning barcha versiyalarini o‘rganib chiqishi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0