TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Bobomurod Abdullayevning sudi keyinga qoldirildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
"Bugun, 5-mart kuni Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida jurnalist Bobomurod Abdullayev ustidan bo‘lishi kerak bo‘lgan sud jarayoni qoldirildi", — dedi muxbir.
Muxbir xabariga ko‘ra, sud 7-mart sanasiga 14:30ga belgilangan.
Ilgariroq O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarda ayblanayotgan sudlanuvchilar Bobomurod Abdullayev, Xayotxon Nasretdinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevlarga nisbatan sud ishi Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sudyasi Zafar Nurmatov va xalq maslahatchilari tarkibida ko‘rib chiqilishi xabar qilingan edi.