TOShKENT, 3 mar — Sputnik. AQSh elchixonasi yaqinda ozodlikka chiqarilgan uzoq muddatli vijdon mahkumlari Muhammad Bekjonov, Isroiljon Xoldorov va Yusuf Ro‘zimurodovni mamnuniyat bilan kutib oldi. Bu haqda elchixona rasmiy saytida berilgan bayonotda aytiladi.
"Biz ozodlikka chiqqan mahbuslarga adolat, sog‘liqni qayta tiklash va yangi kuchlar tilaymiz. Biz O‘zbekiston hukumatini yana boshqa mahbuslarni ozodlikka chiqarishga va ozod bo‘lganlarni ularni to‘laqonli ozod inson ekanligini tasdiqlovchi hujjatlari topshirilishiga chaqiramiz", — deyiladi bayonotda.
Elchixona siyosiy mahbuslarni hibsga olish amaliyoti O‘zbekiston o‘tmishida qolishiga va islohotlar izchil davom ettirilishiga umid bildirgan.
Avvalroq 2009-yilda poraxo‘rlik va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 12-yilga ozodlikdan mahrum etilgan jurnalist va huquq himoyachisi Dilmurod Saidov ozodlikka chiqarilishi munosabati bilan bergan bayonotida elchixona o‘nlab vijdon tutqunlari ozod etilgani uchun prezident Mirziyoyevni qutlagandi.