Lavrov Afrika davlatlari bo‘ylab besh kunlik turnega chiqdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbarining Afrika davlatlariga safari turli darajadagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov dushanba kuni janubiy Saxaradagi afrika mamlakatlari bo‘ylab turnega yo‘l oldi. Ishchi tashrif davomida vazir Angola, Namibiya, Mozambik, Zimbabve, Efiopiya davlatlarida bo‘ladi va bu mamlakatlarning oliy rahbariyatlari bilan uchrashib, xalqaro, kunning dolzarb va ikkiyoqlama hamkorlik masalalarini muhokama qiladi. RIA Novosti xabariga asosan.

Yejegodnoe poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik O‘zbekiston
Putinning murojaati: dunyoni larzaga solgan ikki soat
Rossiya TIV turne oldidan muzokaralarning asosiy mavzulari bu mintaqaviy mojarolar, Yaqin Sharqdagi, Suriyadagi ahvol, Koreya yarimorolidagi vaziyat va BMT Xavfsizlik Kengashidagi islohotlar bo‘lishi haqida ma’lumot bergan.

KXDR atrofidagi vaziyat ayrim afrika davlatlariga bilvosita tegishli ekanligi qayd etilgan: xususan, Namibiyaning ikkita kompaniyasi Yaponiya tomonidan tuzilgan jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ularga KXDRga nisbatan e’lon qilingan sanksiyalar ta’sir etishi aytilmoqda.

Mozambik esa ayrim G‘arb OAVlari tomonidan BMT XK tomonidan qo‘yilgan sanksiyalarga qaramay, KXDR bilan harbiy hamkorlikda gumon qilmoqda.

"Mening tashrifim… turli darajadagi aloqalarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikda yangi yo‘nalishlarni izlashga yo‘naltirilgan. Saxara-Saxel regioni, Afrika shoxi mamlakatlari, Buyuk dengizlar mintaqasida terrorizmga qarshi kurash, inqirozlarni bartaraf etish singari keng turdagi global va regional masalalar yuzasidan fikr almashishdan iborat", — deb aytgan Lavrov "Hommes d"Afrique" jurnaliga bergan intervyusida.

Yangiliklar lentasi
0