Rossiya Afg‘onistondan ko‘knori olib o‘tilishi kuchayishidan tashvishlanmoqda

© Sputnik / Sergey Jukov / Mediabankka o‘tishDobicha soka maka dlya opiuma
Dobicha soka maka dlya opiuma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlariga qaramasdan, giyohvand moddalar nazorati borasida vaziyat yomonlashmoqda, ko‘knori yetishtirish va hosil olish oshmoqda

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Yaqin yillar ichida Afg‘onistondan Rossiya va Yevropaga ko‘knori olib o‘tish oqimi o‘sishi kutilmoqda. Bu haqda BMTning giyohvand moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha xalqaro qo‘mitasi a’zosi Galina Korchagina ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Unichtojenie narkoticheskix sredstv - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek chegarachilari 3,5 kilo giyohvand modda olib kirilishining oldini olishdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston doimiy ravishda qo‘mita nazorati ostida turuvchi davlat hisoblanadi.

"Afsuski, xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlariga qaramasdan, giyohvand moddalar nazorati borasida vaziyat yomonlashmoqda, ko‘knori yetishtirish va hosil olish oshmoqda", — dedi u.

Kelgusi yillarda Afg‘onistondan ikkita yo‘l Sharqiy, G‘arbiy va Janubiy Yevropaga bolqon yo‘li hamda Rossiyaga shimoliy yo‘l orqali ko‘knori olib o‘tish oqimi kuchayishi kutilmoqda, deb qo‘shib qo‘ydi Korchagina.

Avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova 2017-yilda Afg‘onistonda ko‘knori ekiladigan maydonlar 60%dan ortiqroqqa oshgani va 328 ming gektarni tashkil etishini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0