O‘zbek chegarachilari 3,5 kilo giyohvand modda olib kirilishining oldini olishdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishUnichtojenie narkoticheskix sredstv
Unichtojenie narkoticheskix sredstv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bekobod" chegara temir yo‘l stansiyasi nazoratdan o‘tish joyida Tojikistondan kelgan 2005 raqamli yuk poyezdi tekshirilganda 2,5 kg gashish moddasi aniqlandi

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiylari Tojikistondan yirik miqdordagi giyohvand modda olib kirishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yishdi, deb xabar berdi MXX Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi vakili Sputnik muxbiriga.

Na tadjiksko-afganskoy granitse v rayone Pandjskogo pogranotrada - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek chegarachilari yirik miqdordagi kontrabanda tovarlarini qo‘lga olishdi

"Bekobod" chegara temir yo‘l stansiyasi nazoratdan o‘tish joyida Tojikistondan kelgan 2005 raqamli yuk poyezdi tekshirilganda 2,5 kg gashish moddasi aniqlandi.

"Narkotiklar vagon ichida topish qiyin bo‘lgan joyga berkitilgan bo‘lgan" — dedi chegara xizmati vakili.

Shu kunning o‘zida Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida chegarachilar tomonidan 52 yoshli A.Maxamatusupov qo‘lga olindi. Uning yonida 1 kilo gashish borligi aniqlandi. Jinoyatchi giyohvand moddasini mayda partiyalarda sotishni rejalashtirgan ekan.

Mazkur holatlar bo‘yicha tergov ishi olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0