"Vijdon tutqunlarini ozod etayotgan prezident Mirziyoyevni qutlaymiz" - AQSh elchixonasi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishZdanie posolstva SShA v Moskve
Zdanie posolstva SShA v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasi poraxo‘rlikda va boshqa jinoyatlarda ayblanib 12-yilga ozodlikdan mahrum qilingan jurnalist Dilmurod Saidovning ozod qilinishi munosabati bilan bayonot e’lon qildi

TOShKENT, 7 fev — Sputnik. AQSh elchixonasi jurnalist Dilmurod Saidovning ozod qilinishi munosabati bilan rasmiy bayonot e’lon qildi.

Posolstvo SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh jurnalist Solijon Abdurahmonovning ozod etilishini olqishladi
"Amerika Qo‘shma Shtatlari 2009-yilda poraxo‘rlik va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 12-yilga ozodlikdan mahrum etilgan jurnalist va huquq himoyachisi Dilmurod Saidovning ozod qilinishini olqishlaydi. Dilmurod Sayidov doim aybsizligini ta’kidlab kelgan. 2016-yil sentabrida prezidentlik lavozimiga kelganidan beri o‘nlab vijdon tutqunlari ozod etilgani uchun Prezident Mirziyoyevni qutlaymiz", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, elchixona Mirziyoyev qonun ustuvorligi sohasini ham isloh qilish uchun muhim qadamlar qo‘yganini e’tirof etgan.

"Qo‘shma Shtatlar adolatni kutib, hamon qamoqda qolayotgan barcha vijdon tutqunlarini ozod etilishini, ozod etilganlarning huquqlarini qayta tiklashni va barcha fuqarolar uchun qonun ustuvorligi takomillashtirilishini kutib qoladi", — qo‘shimcha qilinadi bayonotda.

 

Yangiliklar lentasi
0