Blatnoy budjet: chiroyli raqamlar O‘zbekiston g‘aznasiga qancha daromad keltirdi

© Foto : Novosti Uzbekistana"Krasivie" nomera na avtomobil v Uzbekistane
Krasivie nomera na avtomobil v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan davr mobaynida 1780 dan ortiq avtomashina davlat raqamlari sotilgan. Eng faol xaridorlar - Toshkent va Toshkent viloyati haydovchilari bo‘lishdi

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekistonda oxirgi yarim yil davomida 31 milliard so‘mlik avtomashina "chiroyli" raqamlari sotildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Notarius - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-martdan notarial boj stavkalari kamaytirildi

"Chiroyli" avtoraqamlarini sotish bo‘yicha yangicha tizim o‘tgan yilning sentabr oyida O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi portalida yo‘lga qo‘yilgandi.

O‘tgan davr mobaynida 1780 dan ortiq avtomashina davlat raqamlari 31 milliard so‘mga sotilgan. Bu haqda Xalqaro press-klub yig‘ilishida IIV YHXB vakili ma’lum qildi.

"Chiroyli" avtoraqamlar xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasi bilan farq qiladi. Masalan, (01) C 777 AB, (01) C 700 AB yoki (01) C 001 avtoraqamlar.

Eng faol xaridorlar — Toshkent va Toshkent viloyati haydovchilari bo‘lishdi. Shuningdek, sotuvlar viloyatlarda ham faol ravishda davom etmoqda: xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Andijon, Farg‘ona viloyatlarida onlayn-auksionlar o‘tkazildi.

Savdo auksion jarayonida xaridorlar istalgan miqdorda buyurmalar berishi mumkin. Taklif etilayotgan narx eng oxirgi narxdan baland bo‘lishi kerak. Avtomashina raqamlarini sotilishidan tushgan mablag‘lar davlat bujdetiga tushadi.

Yangiliklar lentasi
0