Cobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga nisbatan qator moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishRassmotrenie xodataystva sledstviya ob areste A. Velichko v Cheremushkinskom sude
Rassmotrenie xodataystva sledstviya ob areste A. Velichko v Cheremushkinskom sude - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq xorijiy OAVlarda Rashid Qodirov qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqalgan, mahalliy internet nashrlarda Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xodimi bu xabarlarni rasman inkor qilgandi

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

"23 fevral kuni R.X.Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi Bosh prokuratura press-relizida.

Avvalroq xorijiy OAVlarda Rashid Qodirov qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqalgan, mahalliy internet nashrlarda Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xodimi Qodirovga nisbatan jinoiy ish ochilgani haqida tarqalgan xabarlarni rasman inkor qilgandi.

Respublika bosh prokurori lavozimida 2000-yil aprelidan faoliyat yuritib 15-yil ishlagan Rashidjon Qodirov 2015-yilning aprelida ishdan bo‘shatilgan. U 2015-yil mayidan Respublika Konstitutsion sudi a’zosiga aylangan, ammo 2017-yilning avgustidan sud a’zolari tarkibidan uning nomi o‘chirilgan.

Yangiliklar lentasi
0