Belgiyada viloyat hokimliklari va "O‘zeltexsanoat" vakillari tashrifini kutishmoqda

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Brussel
Goroda mira. Brussel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Brusseldagi biznes vakillari O‘zbekistondan oziq-ovqat, to‘qimachilik, farmatsevtika, elektrotexnika mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirishdi

TOShKENT, 1 mar – Sputnik. O‘zbekistonning Belgiyadagi Brussel shahrida joylashgan elchixonasida Eurochambers Yevropa savdo-sanoat palatasi bosh ijrochi direktori Arnaldo Abruzzini va palataning MDH davlatlari bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi Gundars Strautmanis bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston mahsulotlari Latviya markaziy bozori orqali Yevropani zabt etadi

Muzokaralarda Eurochambers va O‘zbekiston, xususan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, alohida viloyatlar va korxonalar bilan investitsiyaviy, texnologik va innovatsion hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Xabarda qayd etilishicha, Eurochambers rahbarlari Yevropa ishbilarmon doiralari orasida O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan keng miqyosdagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga bo‘lgan qiziqish o‘sib borayotganini e’tirof etishdi. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish, muqobil energetika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo‘nalishlarida hamkorlik qilish belgilab olindi.

Shu kuni Brussel savdo-sanoat palatasi raisi Olivye Villok bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Samarqand va Namangan viloyatlari hokimliklari hamda "O‘zeltexsanoat" AK vakillarining Benilyuks davlatlariga amalga oshiriladigan tashriflari doirasida Brusseldagi yirik ishbilarmon doiralari va kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.

Suhbat chog‘ida Brusseldagi biznes vakillari O‘zbekistondan oziq-ovqat mahsulotlari (asal, quritilgan mevalar), to‘qimachilik mahsulotlari (kiyim-kechak, paxta va ipakdan tayyorlangan yotoqxona buyumlari), farmatsevtika, elektrotexnika mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirishdi.

Qayd etish joiz, Yevropa savdo-sanoat palatasi tarkibiga Yevropaning 43 mamlakati, 1700 hududiy va mahalliy palatalar hamda 20 mln korxona kiradi.

Yangiliklar lentasi
0