O‘zbekiston mahsulotlari Latviya markaziy bozori orqali Yevropani zabt etadi

Obuna bo‘lish
Rigadagi markaziy bozorda O‘zbekiston mahsulotlari bilan savdo qilinadigan "Toshkent hovlisi" rastasi ochiladi

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Rigadagi markaziy bozorning meva-sabzavotlar pavilonida O‘zbekiston mahsulotlari bilan savdo qilinadigan "Toshkent hovlisi" rastasi ochiladi. Bu haqda Riga markaziy bozori matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, AS Rīgas Centrāltirgus boshqaruvi raisi Artis Druviniyeks Riga dumasi delegatsiyasi tarkibida O‘zbekiston poytaxtida bo‘ldi. Safar davomida Riga markaziy bozorida o‘zbek mahsulotlari sotiladigan rasta ochilishi haqida kelishuvga erishildi.

Riga, Latviya - Sputnik O‘zbekiston
Latviyaga 10 mln dollarlik O‘zbekiston mahsulotlari yetkaziladi

O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ravshan Usmonov bilan uchrashuvda tomonlar turistlarni jalb etish borasida tajriba almashishdi.

Shuningdek, Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari Nozim Husanov Riga O‘zbekiston mahsulotlarining Yevropa bozoriga chiqishi uchun o‘ziga xos baza sifatida qiziqtirishini bildirdi. Bunda birinchi navbatda gap qishloq xo‘jalik mahsulotlari, meva va sabzavotlar haqida bormoqda. Milliy taomlar: somsa va ko‘plab turdagi palov hamda obinonlar ham katta qiziqish uyg‘otishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekiston yevropaliklarga milliy hunarmandlik mahsulotlarini ham taklif etishga tayyor.

O‘z navbatida, Toshkentdagi Chorsu bozorida Latviyaning sut va dengiz mahsulotlari sotiluvchi "Riga hovlisi" ochiladi.

Yangiliklar lentasi
0