TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Samarqandda avtomobil raqamlarini o‘g‘irlaydigan firibgar qo‘lga olindi, u turizm kolleji talabasi ekanligi aniqlandi, deb xabar qildi STV nashri.
Davlat organlari ma’lumotlariga ko‘ra, Turizm kollejining "Mehmonxona va restoran biznesi" fakultetining ikkinchi bosqich o‘quvchisi asosan "qimmat" raqamlarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan. Videokuzatuv kameralari tomonidan o‘g‘irlik sodir etilgan vaqt aniq qayd etilgan, jinoyat asosan yarim kechadan o‘tganda amalga oshirilgan.
Qo‘lga olingan firibgar tergov jarayonida o‘g‘irliklarni bechora yetimlarga yordam berish uchun amalga oshirganini aytgan.
"Qo‘lga olingan yigit tergovchi huzurida o‘zini hotirjam tutgan. O‘z harakatlari haqida esa go‘yoki gap uni kasbi haqida borayotgandek gapirgan. U o‘z harakatlari bilan "Avtomobildan saqlan" nomli sovet filmidagi bosh qahramonni eslatar edi", — deb yozadi nashr.
Qo‘lga olingan Begzod Samarqand shahridagi "Tutzor" mahallasida istiqomat qiladi. Aynan shuning uchun uning noqonuniy harakatlari davlat organlari, qo‘shnilari, do‘stlari va tanishlari ishtirokida voqea joyida ko‘rilmoqda, deb yozgan nashr.