Jirinovskiy saylovlarda g‘olib chiqsa, eng qattiq diktatorlik rejimini joriy etmoqchi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishRukovoditel fraksii politicheskoy partii "Liberalno-demokraticheskaya partiya Rossii" Vladimir Jirinovskiy
Rukovoditel fraksii politicheskoy partii Liberalno-demokraticheskaya partiya Rossii Vladimir Jirinovskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jirinovskiy shuningdek, "Rossiya boy davlatga aylanganda" "eng kuchli ikkita partiyani" tashkil qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Rossiya prezidentligiga nomzod Vladimir Jirinovskiy agar saylovda g‘olib chiqqudek bo‘lsa, mamlakatda eng qattiq diktatorlik rejimini kiritish va’dasini berdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Glavniy redaktor L'Officiel, televedushaya Kseniya Sobchak - Sputnik O‘zbekiston
Kseniya Sobchak Rossiya prezidenti bo‘lmoqchi
"Men kuch ishlatish metodi bilan mamlakatdagi ahvolni o‘zgartiraman, men hammani jazolayman — oligarxlarni ham, umuman barcha qo‘li egrilarni jazolayman, chet eldagi pullarni qaytaraman. Demokratiya sharoitida buning iloji yo‘q, shu bois men eng qattiq diktatorlik rejimini joriy etaman", — degan Jirinovskiy Rossiyaning Birinchi kanalida o‘tkazilgan debatlar davomida.

Jirinovskiy shuningdek, "Rossiya boy davlatga aylanganda" "eng kuchli ikkita partiyani" tashkil qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

"Har gal mana shu partiyalar vakillari prezident bo‘ladi", — deb qo‘shimcha qilgan LDPR yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidentligiga saylovlar 18-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Sakkiz kishi nomzod tariqasida ro‘yxatga olingan: Sergey Baburin ("Rossiyskiy obshenarodniy soyuz" partiyasi), Pavel Grudinin (KPRF), Vladimir Jirinovskiy (LDPR), Vladimir Putin (mustaqil nomzod), Kseniya Sobchak ("Grajdanskaya initsiativa"), Maksim Suraykin ("Kommunisti Rossii"), Boris Titov (Partiya rosta), Grigoriy Yavlinskiy ("Yabloko").

 

Yangiliklar lentasi
0