Vinochilik sohasidagi islohotlar: yangi qonun va sharob festivali

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishBokali s vinom vo vremya provedeniya degustatsii
Bokali s vinom vo vremya provedeniya degustatsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining yangi qarori bilan tabiiy vinolarni ishlab chiqaruvchilar uchun litsenziyalash tartibi bekor qilindi, mamlakatda vino festivallarini o‘tkazish belgilandi

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlar realizatsiyasini tubdan takomillashtirish qaroriga muvofiq "O‘zvinosanoat-xolding" AJ va uning Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi "O‘zsharobsanoat" AJ va "O‘zsharobsanoat" AJning Rivojlantirish jamg‘armasi deb qayta nomlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Vinogradnaya loza i vino v bokale na vinodelcheskom predpriyatii Massandra v Krimu. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tabiiy vinolarni ishlab chiqarish bo‘yicha litsenziyalash bekor qilinadi
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari Rustam Xolmurodov boshchiligidagi maxsus komissiyaga vinochilik va uzumchilikning huquqiy asoslari, ularni rivojlantirish bo‘yicha davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vinochilik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, realizatsiya qilish, ularning bozorda aylanmasini hisobga olish va nazorat qilish masalalari, shuningdek, ushbu sohadagi boshqa muhim jihatlarni batafsil belgilab beruvchi O‘zbekiston Respublikasining "Vinochilik va uzumchilik to‘g‘risida"gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratish vazifasi yuklatildi.

O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xorijiy turistlar, turli mamlakatlarning vinochilik sohasi vakillari, ekspert va mutaxassislarni keng jalb qilgan holda har yili respublikada vino festivali va Xalqaro degustatsiya tanlovi o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek, mahalliy vinochilik mahsulotlarining ko‘rgazma-yarmarkalarini xorijiy mamlakatlarda muntazam ravishda o‘tkazilishi joriy etiladi.

Vino degustatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada O‘zbekiston vinolari 23ta oltin medal oldi
"O‘zsharobsanoat" AJ bir oy muddatda 2018-yilda Toshkent shahrida vino festivali va Xalqaro degustatsiya tanlovi o‘tkazilishi to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilangan.

Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi doimiy asosda "O‘zsharobsanoat" AJga mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar va muassasalarni keng jalb etgan holda har yili vino festivali va Xalqaro degustatsiya tanlovi o‘tkazishda; mahalliy vinochilik mahsulotlarining ko‘rgazma-yarmarkalarini xorijiy mamlakatlarda o‘tkazishda ko‘maklashadi.

Yangiliklar lentasi
0