TOShKENT, 18 fev — Sputnik. O‘zbekiston vino-konyak va liker-aroq ichimliklari Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlari eng yirik oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasi — “Prodekspo-2016”da jami 49ta medal va gramotalarga sazovor bo‘ldi.
Xalqaro ko‘rgazma va degustatsiya tadbirida O‘zvinosanoat-xoldingidan 17 korxona qatnashdi, 100 dan ortiq mahsulotlar taqdim etildi. Kompaniyalar 4 million dollardan ortiq eksport shartnomalari tuzdi.
Ko‘rgazmada 60 mamlakat vakillari qatnashdi. O‘zbekiston vino-konyak va liker-aroq mahsulotlari eng ko‘p miqdorda medallarga sazovor bo‘ldi. Yutib olingan 49 medallardan 23 ta oltin, 20 ta kumush va 6 tasi bronza medallarir.
Bu yil O‘zbekiston eng ko‘p miqdorda medal va sovrinlar yutib olishi — mamlakatda vino sanoatirivojlanib borayotgani belgisidir. Xususan, xom ashyo bazasi kengaytirilayotgani, mahsulot sifati yaxshilanib va barqarorlashib borayotgani hamda zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilishi natijasidir, deyilgan O‘zvinsanoat-Xolding sahifasida.