Inoyatov aslida nima degandi? Xalq ta’limi vazirligi ayrim OAVlarni noxolislikda aybladi

© Mejdunarodniy press-klubUlugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya
Ulugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vazirligi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, vazir Ulug‘bek Inoyatovning javoblarini ayrim OAVlar noto‘g‘ri talqin qilgan

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Joriy yilning 5-fevral kuni Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov bergan javoblar e’lon qilinganidan so‘ng ba’zi internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu masalaga noxolis yondashish, javoblarning ayrim qismlarini konteksdan ajratib noto‘g‘ri talqin qilish holatlari uchramoqda, deb xabar qildi Xalq ta’limi vazirligi matbuot-xizmati.

Ulugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Vazir Inoyatov kelasi yildan bog‘cha tarbiyachilari maoshlari ko‘tarilishini aytdi
Eslatib o‘tamiz, 5-fevral kuni o‘tkazilgan matbuot-anjumanida jurnalistlar Inoyatovga o‘qituvchilarning dars o‘tishdan boshqa ishlarga jalb qilinayotgani haqidagi savollar bilan murojaat qilishgan. OAVlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, vazir Inoyatov savolga javoban: "O‘qituvchi ziyoli, targ‘ibotchi, ammo u faqat darsga kirib, ta’lim berishi kerak emas. Pedagog o‘z mahallasining faoli bo‘lishi joiz. Mahalla ahli va faollari o‘rtasida jamiyatdagi islohotlarni targ‘ib qilsin. Kerak bo‘lsa, uyma-uy yurib, tushuntirishi lozim", deb javob bergan.

Xalq ta’limi vazirligiga ko‘ra, bunday xabarlar masalaga noxolis yondashuv tufayli tarqalgan.

"Xalq ta’limi vazirligi majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo qarshi hamda tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglarning o‘z kasbiga aloqasi bo‘lmagan turli ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi", — deyiladi muassasa xabarida.

Shuningdek, vazirlik sohada xizmat qilayotgan 400 ming nafardan ortiq fidoyi ustoz va murabbiylarning mehnatini qadrlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ustoz obro‘sini oshirish yo‘lidagi ishlarini davom ettirishini ma’lum qilgan.

"Vazirlik qonunchiligimizda belgilangan mehnat munosabatlariga oid huquqiy normalarga so‘zsiz amal qiladi", — deb qo‘shimcha qilinadi rasmiy axborotda.

Yangiliklar lentasi
0