Vazir Inoyatov kelasi yildan bog‘cha tarbiyachilari maoshlari ko‘tarilishini aytdi

© Mejdunarodniy press-klubUlugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya
Ulugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelasi yildan boshlab maktabgacha ta’lim muassalari tarbiyachilarining oylik maoshlari boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining oylik maoshlari bilan tenglashtiriladi

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Tarbiyachilarning maoshlari boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariniki bilan tenglashtiriladi, deb aytgan Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumani davomida.

Deti i vospitateli detskogo sada - Sputnik O‘zbekiston
Yangi bog‘chalar davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi
"Ta’lim va tarbiya uyg‘unligi — barkamol avlodni shakllantirishning muhim omili" mavzuyida o‘tkazilgan tadbirda vazir o‘tgan davr mobaynida ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi, deb yozadi "Darakchi" nashri.

Tadbir davomida jurnalistlar o‘qituvchilarning maoshlari oshirilishi yuzasidan bo‘lgan.

"Mehnat qadrlanishi kerak, albatta. Agar mehnat rag‘batlantirilmasa, natija samarali bo‘lmaydi.

Prezidentimiz bizga topshiriq berganlar, hozir birinchi navbatda maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining oylik maoshlarini qayta ko‘rib chiqapmiz. Agar 5-6 yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berayotgan tarbiyachilarning oylik maoshini boshlang‘ich ta’limi o‘qituvchilarining oylik maoshi bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, ularning qariyib ikki baravar kam ekanligini ko‘rish mumkin. hozir hisob-kitoblarini qilib, kelasi yildan boshlab maktabgacha ta’lim muassalari tarbiyachilarining oylik maoshlarini boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining oylik maoshlari bilan tenglashtirish bo‘yicha hisob-kitob ishlarini amalga oshirmoqdamiz.

Prezident qaroriga asosan keyingi yildan ularning oylik maoshlari oshadi. Maktab o‘qituvchilarining oyliklarini oshirish ham rejada bor. Prezidentimiz joylarda uchrashuvlar o‘tkazar ekan, birinchi navbatda o‘qituvchilarni hamda shifokorlarning oylik maoshlarini oshirish masalasini ko‘rib chiqamiz deya qayd etdilar. Hozirda bizda rag‘batlantirish raqobat tizimi bor. O‘qituvchi rag‘batlaniruvchi manbalardan foydalanishi uchun o‘z faoliyatiga ijodiy yondoshuv tizimi shakllantirilgan", — deb javob bergan Inoyatov.

Yangiliklar lentasi
0