TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Tojikiston 2018-yil yozidan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlashi mumkin, dedi mamlakat energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda.
U Tojikistonning 2009-yil noyabrda Markaziy Osiyo Umumiy elektr energiya tizimi (UET)dan chiqqanidan so‘ng Tojikiston va O‘zbekiston energiya tizimlarida sezilarli o‘zgarishlar yuz berganini eslatdi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.
Ammo bugunga kelib respublikalar UETni tiklashni rejalashtirgan. Buning uchun, vazirning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston mamlakat janubini Tojikiston bilan bog‘laydigan 60 kilometrli elektr uzatish liniyalarini tiklashi lozim.
Usmonzodaning ma’lum qilishicha, Tojikistonda 2017-yilda 18 milliard kilovatt soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu mamlakatni elektr bilan cheklovlarsiz ta’minlash imkonini berdi.