Stiprays: "yaxshilashlar" O‘zbekiston me’morchiligiga zarar yetkazmoqda

© Mejdunarodniy press-klubGlava Delegatsii Yevropeyskogo soyuza v Uzbekistane Eduards Stiprays
Glava Delegatsii Yevropeyskogo soyuza v Uzbekistane Eduards Stiprays - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi yuz yillikdagi me’morchilik obidalarini yo‘qotib qo‘ymaslik O‘zbekiston uchun naqadar muhimligi haqida Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Eduard Stiprays so‘zladi

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Ekspert Sputnik radiosi efirida sovet davridagi binolarni yangi fasadlar bilan o‘rash yaramaydi, deya ta’kidladi.

"Bugun ko‘tarilmagan mavzulardan biri — bu me’morchilik merosi edi, shu jumladan, ehtimol sovet davridagi ham bo‘lishi mumkin, aslida bu uslub so‘nggi yillar arxitekturasida o‘z ifodasini topmagan", — deydi ekspert.

Stroitelstvo Kaufmanskogo priyuta - Sputnik O‘zbekiston
Kaufman uylari Toshkent markazida qayta tiklanmoqda
Stipraysning fikriga ko‘ra, hozir shu obidalarni yo‘qotib qo‘yish xavfi mavjud. Chunki o‘zbek xalqi fe’l-atvorida nimanidir yaxshilashga intilish singari fazilat bor.

"Ammo bu intilish ba’zan qarama-qarshi ishlaydi, chunki ba’zida yaxshi narsani yaxshilashga hojat yo‘qdir", — deb ta’kidladi YeI delegatsiyasi rahbari.

Stiprays sovet davrida brutalizm uslubida qurilgan binolarni misol keltirar ekan, hozirda meros sifatida ularning qiymatini baholash qiyinligini ta’kidladi. Ekspert O‘zbekistonda sovet davridagi binolar go‘yoki konserva bankalari singari metall bilan "tikilayotgani" va marmar bilan konserva bankalari singari o‘rab tashlanayotgani yaxshi emas, deya fikr bildirdi.

Ekspertga ko‘ra, bugun avangard hisoblangani ertaga madaniy meros yoki klassika sifatida tan olinishi mumkin.

Shu bois, deb ta’kiladi diplomat, e’tiborni faqat Registon yoki eski Xiva shahriga qaratmay, balki oxirgi 100-yil ichida yaratilgan binolarni ham yo‘qotib qo‘ymaslikka ahamiyat berish kerak.

Yangiliklar lentasi
0