Kaufman uylari Toshkent markazida qayta tiklanmoqda

© SputnikStroitelstvo Kaufmanskogo priyuta
Stroitelstvo Kaufmanskogo priyuta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent markazida Kaufman yetimxonasi binosi qayta tiklanmoqda. Qurilish ketayotgan joy temir devor bilan o‘ralgan. Spunik O‘zbekiston muxbiri xabariga ko‘ra, bino eski holatida qayta tiklanmoqda. O‘sha mashhur Nikolay davri g‘ishtlari ham keltirilgan va ulardan sayqal berishda foydalanilmoqda

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. 1916-yili qurilgan va o‘tgan yil buzilgan sobiq Kaufman yetimxonasi binosi Toshkent shahri markazida, Amir Temur xiyoboni yaqinida qayta tiklanmoqda. Bu haqda qurilish joyida bo‘lgan Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.

© SputnikStroitelstvo Kaufmanskogo priyuta
Stroitelstvo Kaufmanskogo priyuta - Sputnik O‘zbekiston
Stroitelstvo Kaufmanskogo priyuta

Shahar hokimligi tomonidan va’da berilganidek, yetimxona qayta "restavratsiya" qilinmoqda. Kaufman yetimxonasi dastlabki holatida qayta tiklanadi, dedi ushbu jarayonda ishtirok etayotgan quruvchilardan biri. 

© SputnikStroitelstvo Kaufmanskogo priyuta
Stroitelstvo Kaufmanskogo priyuta - Sputnik O‘zbekiston
Stroitelstvo Kaufmanskogo priyuta

Qurilish ketayotgan joy temir devor bilan o‘ralgan. Aholi orasida eng ko‘p tilga olingan, mashhur Nikolay davri g‘ishtlari ham qurilish maydoniga keltirilgan va ulardan sayqal berishda foydalanilmoqda, deb xabar qildi muxbir.

© SputnikOttochennie Nikolayevskie kirpichi so starogo zdaniya Kaufmanskogo priyuta
Ottochennie Nikolayevskie kirpichi so starogo zdaniya Kaufmanskogo priyuta - Sputnik O‘zbekiston
Ottochennie Nikolayevskie kirpichi so starogo zdaniya Kaufmanskogo priyuta

Quruvchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, Kaufman yetimxonasi muzey ko‘rinishida qayta tiklanadi.

Obyekt Navro‘z bayrami arafasida topshirilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0