TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Rossiya TIVi rasmiy vakili mariya Zaxarova AQShning CNN kanali tarqatgan, Rossiya Afg‘onistondagi "Tolibon" harakatiga qurol-yarog‘ yetkizib bergani haqidagi xabarlarni inkor qildi.
Zaxarova aytishiga qaraganda amerika axborot agentligi ataylab yolg‘on xabar tarqatmoqda.
"Biz birinchi marta amerika OAVlarida Rossiya "Tolibon"ga qurol yetkizib berayotgani haqidagi yolg‘on xabarlar tarqatilayotganining guvohi bo‘layotganimiz yo‘q. AQShning taaluqli tuzilmalarining bunday o‘yinlarida — CNNdan ishonchli qurol sifatida foydalanmoqda", — dedi TIV rasmiy vakili "Govorit Moskva" radiokanali efirida.
Bundan oldin CNN Kalashnikov avtomatlari, snayper vintovkalari va og‘ir pulemotlar bilan qurollangan "Tolibon" jangarilarining fotosuratini chop etgan va go‘yoki ushbu qurollar Rossiya tomonidan Eron va Tojikiston orqali yetkizib berilayotgani xabar qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning fevral oyida ham shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Afg‘oniston parlamenti deputi Abduvadud Paymon Rossiya toliblarga tunda Panj darosi orqali tunlari konteynerda qurol yetkizib berayotganini xabar qilgan edi.
Shundan so‘ng Tojikiston TIVi Afg‘onistonning mamalkatdagi elchisiga "Norozilik notasi yuborgan va deputat o‘z so‘zlariini qaytib olishga majbur bo‘lgan edi. Tojikistonning Afg‘onistondagi elchisi esa, Tojikiston orqali Rossiya qurollariini yetkizib berishning mutlaq iloji yo‘q degan edi.