O‘zbekiston "Futbol do‘stlik uchun" loyihasida ikkinchi bor ishtirok etadi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFutbolist na pole
Futbolist na pole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yil "Futbol do‘stlik uchun" loyihasida O‘zbekistondan "Lokomotiv" (Toshkent) vakili Ilos Ahmedov (darvozabon) va yosh jurnalist Amir Sharipov ishtirok etgandi

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. "Gazprom" kompaniyasi "Futbol do‘stlik uchun" xalqaro bolalar loyihasining oltinchi mavsumi start olganini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi xabar qilmoqda.

Loyihaning qur’a marosimida terma jamoalarning mamlakatlar bo‘yicha tarkibi, shuningdek, ishtirokchi mamlakatlarning vakillari uchun o‘yin pozitsiyalari aniqlandi. Bitta jamoada har xil millat, har xil jinsdagi va har xil jismoniy imkoniyatga ega sportchilar qatnashadi. O‘yinchilar yoshi — 12 yosh. Jamoalarni turli mamlakatlardan kelgan 14-16 yoshdagi murabbiylar shug‘ullantiradi.

Ilyas Axmedov, uchastnik programmi Futbol dlya drujbi (Football for Friendship) - Sputnik O‘zbekiston
"Lokomotiv"ning yosh darvozaboni Rossiyadagi loyihada ishtirok etadi

Qur’aga ko‘ra bu yil O‘zbekistondan yana darvozabon mazkur loyihada ishtirok etadigan bo‘ldi. Nomzodlar O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi tomonidan tanlab olinadi.

"Futbol do‘stlik uchun" loyihasining 6-mavsumi rasman ochiq. Bu yil loyihada 211ta mamlakat vakillari ishtirok etadi! Tarixda birinchi marta maydonda dunyoning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan yosh futbolchilar o‘zaro ro‘baro‘ bo‘lishadi. Bu holat ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro hurmat va tenglik tamoyillarini rivojlanishiga yordam beradi. "Futbol do‘stlik uchun" loyihasining asosiy maqsadi shu", — deydi "Gazprom" OAJ Direktorlar Kengashi raisi Viktor Zubkov.

"Biz FIFAning rasmiy hamkori bo‘lgan "Gazprom" kompaniyasining ajoyib tashabbusini qo‘llab-quvvatlayotganimizdan xursandmiz, — deydi FIFA bosh kotibi Fatma Samura. — Mazkur forum turli mamlakatlardan kelgan o‘g‘il-qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. FIFA bunday loyihalarni hamisha qo‘llab-quvvatlab keladi".

Kubok chempionata mira 2018 po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik futbol bo‘yicha jahon chempionatiga bag‘ishlangan loyihani yo‘lga qo‘ydi

Loyihaning asosiy maqsadi butun dunyodagi yosh avlod o‘rtasida do‘stlik, tinchlik, turli millat va madaniyat vakillariga hurmat kabi yuksak insoniy tushunchalarni targ‘ib qilishdan iborat. Mavsumning yakuniy tadbirlari 8-iyundan 15-iyunga qadar Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.

"Futbol do‘stlik uchun" loyihasining Xalqaro Bolalar matbuot markazida 211 davlatdan kelgan 12 yoshli jurnalistlar musobaqalar haqida xabarlar tayyorlab borishadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil "Futbol do‘stlik uchun" loyihasida O‘zbekistondan "Lokomotiv" (Toshkent) vakili Ilos Ahmedov (darvozabon) va yosh jurnalist Amir Sharipov ishtirok etgandi.

Yangiliklar lentasi
0