"Lokomotiv"ning yosh darvozaboni Rossiyadagi loyihada ishtirok etadi

© Federatsiya futbola UzbekistanaIlyas Axmedov, uchastnik programmi "Futbol dlya drujbi" (Football for Friendship)
Ilyas Axmedov, uchastnik programmi Futbol dlya drujbi (Football for Friendship) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
12 yoshli Ilos Ahmedov Serbiya, Norvegiya, Ruminiya, Vyetnam, Yaponiya, Finlyandiya va AQShlik bolalar bilan bir jamoada maydonga tushadi

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Toshkentning "Lokomotiv" futbol klubi tarbiyalanuvchisi 12 yoshli Ilos Ahmedov 26-iyun-3 iyul kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkil qilinadigan "Futbol do‘stlik uchun" loyihasining beshinchi mavsumida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi.

"Futbol do‘stlik uchun" (Football for Friendship) — "Gazprom" kompaniyasi amalga oshiradigan xalqaro bolalar ijtimoiy loyihasidir. Ushbu dastur doirasida jahonning turli mamlakatlaridan 12-14 yoshli bolalar xalqaro bolalar forumi va futbol turnirida qatnashishadi.

Futbolniy stadion - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya yoshlar futbol terma jamoalari o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Bu yilgi mavsum boshqacha shaklda o‘tkaziladi: har bir mamlakatdan bittadan yosh futbolchi tanlab olingan. Bolalar sakkizta baynalmilal terma jamoalarga birlashishadi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston sharafini "Yashil do‘stlik" jamoasida darvozabon himoya qiladi. U bilan birga Serbiya, Norvegiya, Ruminiya, Vyetnam, Yaponiya, Finlyandiya va AQShlik bolalar bir jamoani tashkil etishadi.

Musobaqa qoidalariga ko‘ra, futbolchi 10-12 yoshda bo‘lishi, 2-yillik futbolchilik tajribasiga ega bo‘lib, ingliz tilini bilishi kerak. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi mamlakatdagi futbol klublarning yosh darvozabonlari orasida o‘tkazgan tanlovda "Lokomotiv" tarbiyalanuvchisi Ilos Ahmedov g‘olib bo‘ldi.

Shuningdek, musobaqada har bir mamlakatdan bir yosh va tajribaga ega bo‘lgan jurnalist qatnashadi. O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, Mirobod tumanidagi 110-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Amir Sharipov yosh jurnalist sifatida, UzReport TV telekanalining informatsion dasturlari muxbiri Orif Tolipov tajribaga ega bo‘lgan jurnalist sifatida mazkur loyihada ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziyev ham "Futbol do‘stlik uchun" loyihasida O‘zbekistonning eng nomdor vakillaridan biri sifatida ishtirok etadi.

© Federatsiya futbola UzbekistanaYosh futbolchi Ilos Ahmedov va telejurnalist Davron Fayziyev
Ilyas Axmedov, uchastnik programmi Futbol dlya drujbi (Football for Friendship) - Sputnik O‘zbekiston
Yosh futbolchi Ilos Ahmedov va telejurnalist Davron Fayziyev

O‘zbekiston delegatsiyasiga O‘FF texnik direktori Shavkat Imomov rahbarlik qiladi.

"Futbol do‘stlik uchun" loyihasi FIFA qo‘llab-quvvatlovi ostida o‘tkaziladi. Mashhur nemis futbolchisi Frans Bekkenbauer ushbu loyihaning elchisi hisoblanadi.

2017 yilda loyihaning ishtirokchi mamlakatlar soni 32 tadan 64 tagacha, ya’ni ikki barobar ko‘paydi. Unda ilk marta Meksika va AQShlik bolalar ham qatnashishmoqda. Shu tarzda loyiha to‘rt qit’a — Afrika, Yevrosiyo, Shimoliy va Janubiy amerikalik yosh futbolchilarni birlashtirdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0