TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Bugun Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida WSB musobaqasining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston boks federatsiyasiga qarashli Uzbek Tigers jamoasi Kubaning Cuba Domadores klubiga qarshi ringga chiqadi.
O‘zbekiston boks federatsiyasining xabar qilishicha, musobaqaning ochilish marosimi soat 18:30da boshlanadi.
49 kg vaznda Hasanboy Do‘smatov Xoanis Argilagosga qarshi, 56 kg vaznda Shahobiddin Zoirov Robeysi Ramiresga qarshi, 64 kg vaznda Iqbol Xoldorov Endi Kruzga qarshi, 75 kg vaznda Isroil Madrimov Arlen Lopesga qarshi va 91 kg vaznda Sanjar Tursunov Erislandi Savonga qarshi ringga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Kubada bo‘lib o‘tgan birinchi to‘qnashuvda mezbonlar 5:0 hisobida g‘alaba qozongan.