TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Bugun erta tongda "Uzbek Tigers" jamoasi a’zolari — Xudoynazar Fayzov, Shunqor Abdurasulov, Mahmud G‘oipov, Madiyar Saydraximov va Bahodir Jalolov kabi Kubaga jo‘nab ketishdi, deb xabar qildi Hukumat portali.
Xabarga ko‘ra, "Uzbek Tigers" jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumidagi dastlabki uchrashuvni 9-10 fevral kuni Kubada "Cuba Domadores" bokschilariga qarshi o‘tkazadi.
"Cuba Domadores"ga qarshi o‘tadigan bellashuvlarda bokschilarimizga bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev va murabbiy Ravshan Xo‘jayev yordam beradi.
Sportchilarning jismoniy holatiga qarab murabbiylar ro‘yxatga o‘zgartirish kiritishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 27-fevral kuni Kuba va 1-mart Kolumbiya terma jamoalariga qarshi kechadigan uy uchrashuvlari Termiz shahrida o‘tkaziladi.