“Salomatlik maktablari” har bir mahallada tashkil etiladi

Obuna bo‘lish
“Salomatlik maktablari” sog‘lom turmush tarzini yangicha tartib va ta’sirchan usullar bilan targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. O‘zbekistondagi barcha mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi  “Salomatlik maktablari” tashkil etilaldi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu “Salomatlik maktablari” sog‘lom turmush tarzini yangicha tartib va ta’sirchan usullar bilan targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi. Xususan, ushbu maktablar oldiga xonadonlar, o‘quv muassasalari, bog‘cha va mahallarlarda kasalliklarning oldini olish  bo‘yicha profilaktika ishlari olib borish,  aholida o‘z salomatligiga bo‘lgan mas’uliyatni oshirish vazifasi qo‘yildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevdan tashxis: Sog‘liqni saqlash sohasida hali qiladigan ishlarimiz ko‘p

Sog‘liqni saqlash vazirligi ishlab chiqqan yo‘riqnomaga ko‘ra, QVP va oilaviy poliklinikalar umumiy amaliyot vrachlari, patronaj hamshiralar, mahalla faollari, ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimlari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, ta’lim muassasalari shifokorlari, jamoat tuzilmasiga birlashib, oilalarda, aholi orasida, ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etadi.

O‘zbekistonda tashkil etiladigan “Samatlik maktablari” faoliyatini tashkil etish va yuritishda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, Faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim vazirliklari hamda O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazi mas’ul etib belgilangan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining ma’lum qilishicha, inson salomatligining 85 foizi uning hayot tarzi va atrof-muhitga, qolgan 15 foizi irsiy omillarga bog‘liq. Shu bois rivojlangan davlatlarda sog‘lom turmush targ‘ibotiga sog‘liqni saqlashning asosiy yo‘nalishi sifatida qaralmoqda.

Yangiliklar lentasi
0