Samarqandda tojik va o‘zbek xalqlari do‘stligi ramzini ifoda etuvchi haykal o‘rnatiladi

© Sputnik / Georgiy Zelma / Mediabankka o‘tishGorod Samarkand. Vid na ploshad Registan
Gorod Samarkand. Vid na ploshad Registan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nihoyatda qisqa fursatda amalga oshirilishi belgilangan qurilish loyihasiga ko‘ra, haykal o‘rnatiladigan maydon bog‘ning 30-35 sotix yerini egallaydi

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘i hududida o‘zbek va tojik adabiyotining buyuk namoyondalari — Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyning haykali o‘rnatiladi. Bu haqda Samarqand viloyati hokim o‘rinbosari B. Elmurodovdan olgan ma’lumotga asoslangan holda "Zarafshon" nashri xabar bermoqda.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
"Vaqt sinovidan o‘tgan do‘stlik: tojik va o‘zbek xalqi munosabatlari haqida film
"Ikki ulug‘ mutafakkir haykali ilgari Samarqand shahridagi "Afrosiyob" mehmonxonasi yonida, ko‘rimsiz joyda edi. Keyinchalik haykal u yerdan ko‘chirildi. Shahar jamoatchiligi, ziyolilar va ijodkorlarning taklifi bilan haykal uchun mana shu joy tanlandi. Bu maskan tanlanishi bejiz emas va bu to‘g‘ri tanlov. Chunki, haykal o‘rnatiladigan maskan Abdurahmon Jomiy ko‘chasi yonida ekani, Alisher Navoiy nomi bilan ataladigan istirohat bog‘i hududida joylashishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, fors-tojik adabiyotining yana bir yirik vakili Abu Abdullo Rudakiy haykali o‘rnatilgan maydon ham ushbu istirohat bog‘iga tutashib ketgan. Demak, bu maskan kelgusida yaxlit majmua sifatida adabiyot bog‘iga, o‘zbek va tojik xalqlarining do‘stligi ramziga aylanadi", — degan Elmurodov.

Nihoyatda qisqa fursatda amalga oshirilishi belgilangan qurilish loyihasiga ko‘ra, haykal o‘rnatiladigan maydon bog‘ning 30-35 sotix yerini egallaydi. Haykal atrofida favvoralar, orqa tomonida bir necha ustunli arka bunyod etiladi. Maydon chetida gulxona va maysazorlar tashkil qilinadi. Bir necha xil noyob manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0